» » Toshkent va Toshkent viloyatida er-xotinlarni propiska qilishni soddalashtirish taklif etilmoqda

Toshkent va Toshkent viloyatida er-xotinlarni propiska qilishni soddalashtirish taklif etilmoqda


O‘zbekiston Adliya vazirligi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalari ro‘yxati hamda Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish to‘g‘risidagi nizomga tuzatish kiritishni taklif etmoqda. Bu haqda Norma xabar berdi.

Ayni paytda poytaxtda yoki poytaxt viloyatida doimiy propiskadan o‘tish uchun er-xotinlardan biri murojaat qilgan vaqtda ular kamida bir yil birga yashagan bo‘lishi lozim.

Ushbu talabni bekor qilish taklif etilmoqda. Ya’ni tuzatish tasdiqlanadigan bo‘lsa, er (xotin) birgalikda qancha muddat yashagan bo‘lishidan qat’i nazar, er (xotin — xotini (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga propiska qilinishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar ro‘yxatiga ham tuzatish kiritish rejalashtirilmoqda. Xususan, doimiy propiskaga ega bo‘lish uchun turar joy uchun hujjatlarning nusxalari va uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi)ni taqdim etish bekor qilinishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют