» » O‘zbekistonda jinoiy ishlarning salkam yarmi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi

O‘zbekistonda jinoiy ishlarning salkam yarmi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi


2018-yilning birinchi yarim yilligida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 26 ming 442 nafar shaxsga nisbatan 20 ming 283 ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud rasmiy vakili Aziz Obidov ma’lum qildi, deya xabar beradi O‘zA.

Mazkur ishlar doirasida 375 shaxs oqlandi va reabilitatsiya qilindi. Sudlangan shaxslar soni 19 ming 683 nafarni tashkil etdi. Shundan 4 ming 828 shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 13 ming 657 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi. 1 ming 198 shaxs shartli hukm qilindi.

Shuningdek, 1 ming 770 shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalidan ozod qilindi. 15 ming 504 nafari jazoni o‘tash muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. 4 ming 791 nafariga tayinlangan jazo yengili bilan almashtirildi. 4 ming 101 shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi.

Hisobot davrida yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 4 ming 634 shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

Yetkazilgan 196,1 milliard so‘mdan ziyod moddiy zararning o‘rnini qoplagan 2 ming 226 shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

9 mingdan ziyod jinoyat ishi, ya’ni barcha ishlarning qariyb 45 foizi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.

Jinoyat sudlarida ko‘rilgan ishlar tahliliga nazar tashlansa, joriy yilning dastlabki yarim yilligida pora olish va berish, bu jarayonda vositachilik qilish jinoyati kamaygani kuzatilgan.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan bosqinchilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, o‘g‘rilik kabi jinoyatlar ham kamaygan. Bundan tashqari, bezorilik, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, transport vositasini olib qochish, qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish kabi jinoyatlari uchun sudlanganlik ko‘rsatkichlarida pasayish qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют