» » Samarqandda tug‘ilgan qiz chaqaloq o‘limidan so‘ng o‘g‘ilga aylanib qolgani yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tekshiruv o‘tkazadi

Samarqandda tug‘ilgan qiz chaqaloq o‘limidan so‘ng o‘g‘ilga aylanib qolgani yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tekshiruv o‘tkazadi


Samarqand shahridagi 4-sonli tug‘uriq majmuasida 23-may kuni ko‘zi yorigan 1993-yilda tug‘ilgan Go‘zal Hakimovaning farzandi qiz tug‘ilib, keyinchalik o‘g‘il farzandli bo‘lib qolganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Ushbu holat yuzasidan “Kun.uz” saytida Samarqand shahridagi viloyat perinatal markazida qiz farzand dunyoga keltirgan onaga uch kun o‘tib o‘g‘il chaqaloqning jasadi berish sabablari bayon etilgan xabar chiqarildi.

Unda ma’lum bo‘lishicha, tug‘uruqni qayd etish jurnalida doya Barno Ergasheva tomonidan chaqaloqning jinsi qiz bola ekanligi yozib qo‘yilgan. Anglashilmovchilikning asl sababi shu.

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev viloyat perinatal markazi direktori Baxtiyor Jumanovdan ushbu ikki holat bo‘yicha (Samarqandda chaqaloqlar o‘limiga qachon barham beriladi? sarlavhali maqolada 2018-yilning 24-iyul kuni Samarqand shahridagi 4-tug‘uriq majmuasida urgutlik Saodat Xayrullayeva ikkinchi farzandini dunyoga keltirayotgan vaqtda o‘zi va farzandi vafot etgani haqida xabar berilgan edi) ma’lumot olish maqsadida uchrashdi.

Viloyat perinatal markazi direktori Baxtiyor Jumanov “Daryo”da e’lon qilingan ikki holat bo‘yicha quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

“Qiz farzandni o‘g‘ilga aylanib qolgan holat bo‘yicha hozirda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bosqichma bosqich xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun kelyapti. Bu haqida ma’lumotlarni xizmat tekshiruvidan so‘ng beramiz. Bu holat mutaxassislarning xulosasidan so‘ng berilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ikkinchi masalaga kelsak, bu borada ham prokuratura tekshiruv olib boryapti. Bu holat bo‘yicha ham prokuratura xulosasidan so‘ng ma’lumot beramiz”, — deya ta’kidlab o‘tdi Baxtiyor Jumanov.

Ma’lumot uchun, Samarqand viloyat perinatal markazidagi voqeaga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi zudlik bilan o‘z rasmiy munosabatini bildirgan.

Vazir o‘rinbosari Elmira Bositxonova mazkur vaziyat yuzasidan o‘z munosabatini quyidagicha bayon etgan:

“Samarqand viloyat perinatal markazida ro‘y bergan mazkur hodisa, albatta, kishini o‘yga toldirmasdan qolmaydi. Tibbiyot xodimlarning qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishi, e’tiborsizligi turli shubha va gumonlarning urchishiga sabab bo‘ladi”, — dedi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari.

Elmira Bositxonovaning bildirishicha, Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev boshchiligida guruh xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun Samarqand shahriga jo‘nab ketgan.

Qiziq tomoni shundaki, vazir o‘rinbosari Elmira Bositxonova faqat avvaliga qiz, o‘lgandan so‘ng o‘g‘il bolaga aylanib qolgan chaqaloq yuzasidan fikr bildirgan.

Samarqand shahridagi 4-sonli tug‘riqxonada 2018-yilning 24-iyul kuni urgutlik Saodat Xayrullayeva ikkinchi farzandini dunyoga keltirayotgan vaqtda ham o‘zi ham farzandining vafot etganligi yuzasidan hech qanday fikr bildirmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют