» » Toshkentdagi Inha universiteti professori nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi

Toshkentdagi Inha universiteti professori nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi


Toshkent shahridagi Inha universitetining “Kompyuter injiniringi” fakulteti professori doktor Abdul Rahim Nosir nufuzli xalqaro Great Achievers Award for excellence in engineering education (Muhandislik ta’limi sohasidagi yuksak natijalar uchun mukofot)ni qo‘lga kiritdi. Bu haqda universitet rasmiy sayti xabar berdi.

Taqdirlash marosimi 2017-yilning 10-fevral kuni Bangkok (Tailand) shahrida ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga yo‘naltirilgan yutuqlarni targ‘ib qilish bo‘yicha seminar doirasida o‘tkazildi.

Doktor Abdul Rahim Nosirga mukofotni qirolicha Izabella Lafforg, Tailandning sobiq Bosh vazir o‘rinbosari Korn Dabbaransi, Hindistonning sobiq elchisi doktor V.B.Soni va Tailandning Qonunchilik palatasi maslahatchisi Prem Piyasachadeshlar topshirdi.

Doktor Abdul Rahim Nosirga mukofot muhandislik ta’limi sohasidagi erishgan natijalari va 30 yil davomida mazkur sohaga qo‘shgan hissasi uchun topshirildi.

Abdul Rahim Nosir 30 yil davomida dunyoning turli universitetlarida injiniring fanidan saboq beradi. U turli nufuzli mukofotlar egasi va turli xalqaro tashkilotlar a’zosidir.

Опубликовано: admin (16-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют