» » O‘zbekistonda test sinovlarining dastlabki kuni 834 nafar abituriyent imtihonga kelmadi

O‘zbekistonda test sinovlarining dastlabki kuni 834 nafar abituriyent imtihonga kelmadi


O‘zbekistondagi 15 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovlari bir vaqtda 8:00 dan boshlanib, 11:30 ga qadar to‘liq yakunlandi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Test sinovlarida 50 ta ta’lim yo‘nalishida 30 ming 690 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, test sinovlarida 29 856 nafar abituriyent qatnashdi, 834 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra imtihonga kelmadi.

Bundan tashqari, test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi (hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga uringanligi uchun) sababli 76 nafar abituriyent imtihonlardan chetlashtirildi.

Test sinovlarini o‘tkazishga ta’lim muassasalaridan 2 ming 469 nafar guruh nazoratchisi jalb etilishi belgilangan. Shundan 35 nafari ishtirok etmadi.

Test natijalari Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga 2-cmena yakunlangandan so‘ng 18:30 dan qaytarish boshlanadi.

Toshkent shahrida test materiallari 1-smena tugashi bilan 12:00dan boshlab Davlat test markaziga qaytariladi. Yetib kelgan test natijalari bo‘yicha darhol kompyuter yordamida qayta ishlash jarayoni boshlanadi.

Test natijalarini qayta ishlashda ishtirok etadigan xodimlar test sinovlaridan bir kun oldin tashqi dunyodan uzilgan holda natijalar e’lon qilingunga qadar Test markazida yashaydi (tashqariga chiqmasdan, telefon va boshqa aloqa vositalarisiz).

Tegishli xizmatlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda jamoat va yong‘in xavfsizligi, test materiallarining maxfiy va dahlsizligi, binolar faoliyat tizimining uzluksiz ishlashi, tibbiy xizmat va inshootlarni qo‘riqlash to‘liq ta’minlandi.

Test sinovlari belgilangan reja asosida o‘tkazildi va o‘tkazish jarayonida hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y bermadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют