» » Kelajakda uylar qanday bo‘ladi?

Kelajakda uylar qanday bo‘ladi?


Afsuski, texnologiya jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bir davrda qurilayotgan uylarimiz mukammal darajada unga hamnafas deb ayta olmaymiz. Yaxshiyamki ba’zi tashabbuskor mutaxassislarimiz qurilishning ekologiyaga zararini kamaytirish va qulaylik darajasini oshirish ustida ish olib boryapti. Oxirgi yillarda bu yo‘nalish bo‘yicha kelajakda biz uchun haqiqatga aylanadigan ko‘plab texnologiyalar ishlab chiqarildi.

O‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lgan 3D g‘ishtlar suv va bug‘lanish texnikasi tufayli xonani sovitishga yordam beradi.

Muhitni zaharli havodan tozalaydigan bino bo‘lishiga ishonish qiyin albatta. Kelajakda binolarning bunday vazifani bajarishida biodinamik betondan qilingan “ekzoskelet” yordam beradi.

Gollandiyalik mutaxassislar tirik bakteriyalar va kalsiy laktatidan foydalanib, mustaqil ravishda o‘zini tiklaydigan sementning yangi turini ishlab chiqdi.

Shvetsiya kompaniyasi SolTech uy tomi uchun isitishga yordam beradigan chiroyli shisha cherepitsalarni ishlab chiqardi. Bu cherepitsalar isitish tizimidagi suvni qizdirishga yordam beruvchi quyosh yorug‘ligini o‘tkazadi.

Manba: “Hi-news.ru”

Опубликовано: admin (16-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют