» » O‘zbekistonda ko‘krak suti bilan oziqlantirish haftaligi boshlandi

O‘zbekistonda ko‘krak suti bilan oziqlantirish haftaligi boshlandi


Avgustning birinchi haftasi Jahon ko‘krak suti bilan oziqlantirish haftaligi sifatida 170 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham nishonlanadi. Haftalikning bu yilgi mavzusi – “Ko‘krak suti bilan oziqlantirish: hayot poydevori”. Shu munosabat bilan UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati mavzuga oid foydali ma’lumotlarni “Daryo”ga taqdim qildi.

Ko‘krak suti bilan oziqlantirish har bir bolaning hayoti adolatli boshlanishining kafolatidir. Ushbu ijobiy amaliyot ham qisqa, ham uzoq muddatli davrda chaqaloqlar va bolalarning, shuningdek onalarning ham salomatligi, rivojlanishi va farovonligini yaxshilaydi.

Ko‘krak suti bilan oziqlantirish bolalar o‘limi ko‘rsatkichini pasaytiradi hamda katta bo‘lganda ham sog‘lom bo‘lishga yordam beradi. Bola hayotining dastlabki olti oyida uni faqat ona suti bilan boqish, keyinchalik esa u ikki yosh bo‘lguniga qadar va undan keyin ham emizishni davom ettirib, tegishli qo‘shimcha ozuqa berish tavsiya qilinadi.

Go‘daklarni ko‘krak suti bilan oziqlantirish ular uchun ham, emizikli onalar uchun ham kognitiv va tibbiy afzalliklarga ega ekanligi isbotlangan. Dunyo miqyosida chaqaloqlar o‘limining asosiy sababi bo‘lgan diareya va pnevmoniya kasalliklarining oldini olishga yordam berishi tufayli bu bola hayotining dastlabki olti oyida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ona suti bola uchun birinchi vaksina vazifasini bajaradi. U bola jismida qon plazmasining oqsil birikmalarini yuzaga keltiradi. Ko‘krak suti go‘dakni yaxshi oziqlantirish asosidir. Tavsiya qilingan emlash taqvimiga muvofiq bolani vaqtida emlatish bilan bir qatorda ko‘krak suti bilan oziqlantirish uni kasalliklardan himoya qilishning samarali vositasi bo‘lib hisoblanadi.

Ushbu ijobiy amaliyot milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga ham hissa qo‘shadi. Uning onalar va bolalar uchun afzalliklari mamlakatning sog‘liqni saqlash sohasidagi xarajatlarni kamaytiradi hamda kelgusida mehnatga layoqatli sog‘lom ishchi kuchining shakllanishiga yordam beradi. Ko‘krak suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlashga sarflangan har bir AQSh dollarining iqtisodiy samarasi 35 AQSh dollariga teng.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yilda O‘zbekistonda 6 oygacha bo‘lgan bolalarni istisnosiz ko‘krak suti bilan oziqlantirish ko‘rsatkichi 61,76 foizni tashkil etgan. Eng yuqori ko‘rsatkichlar Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘istonda kuzatilib, tegishli ravishda 91 va 88,54 foiz bo‘lgan. Eng past ko‘rsatkich Toshkentda kuzatilgan — 41,83 foiz.

UNICEF O‘zbekiston hukumatiga ayollar va bolalar oziqlanishini yanada yaxshilash borasida ko‘mak bermoqda. 2017-yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi va UNICEF tarixda birinchi bor oziqlanish sohasida milliy tadqiqot o‘tkazdi. Bu mikroelementlar yetishmovchiligi, reproduktiv yoshdagi ayollar, emizikli va kichik yoshdagi bolalarning oziqlanish amaliyoti bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish imkonini berdi. Mazkur ma’lumotlardan aholining, jumladan uning eng ehtiyojmand qatlamlarining oziqlanish darajasini yaxshilash bo‘yicha asoslangan qarorlar qabul qilishda foydalaniladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют