» » Farg‘onada kelinini pichoqlagan qaynota voqea qanday bo‘lganini gapirib berdi (video)

Farg‘onada kelinini pichoqlagan qaynota voqea qanday bo‘lganini gapirib berdi (video)


1-iyul kuni Farg‘onada qaynota kelinini pichoqlagani haqida xabar berilgan edi.

“Axborot 24” ko‘rsatuvida mazkur holatga aniqlik kiritildi, deb yozadi UZ24.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Farg‘ona viloyatining Quva tumanida ro‘y bergan. Shu tumanda yashovchi Tursinboy Mamadaliyev uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashovchi kelini, uy bekasi Shahnoza Mamadaliyevaga pichoq urib jarohat yetkazgan. Olgan jarohati sabab ayol kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Qaynota esa qo‘lga olingan.

Dastlabki tergov davomida u mazkur jinoyatni ruhiy holati buzilishi natijasida sodir etganligi aniqlanib, unga oid ekspertiza tayinlangan.

Fuqaro Tursinboy Mamadaliyevga nisabatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют