» » O‘zbekistonlik ayol Sankt-Peterburgda IShID jangarilarini moliyalashtirishda gumon qilinib, qo‘lga olindi

O‘zbekistonlik ayol Sankt-Peterburgda IShID jangarilarini moliyalashtirishda gumon qilinib, qo‘lga olindi


O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol Sankt-Peterburgda IShID jangarilarini moliyalashtirishda gumon qilinib, qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi shahar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

Tergovga ko‘ra, gumonlanuvchi 2016-yil yunidan 2017-yil oktabrigacha Sankt-Peterburgda IShID tarkibiga kiruvchi turli shaxslardan pul olib, mazkur taqiqlangan tashkilotni moliyalashtirish uchun shaxsiy hisob raqamidan Turkiyaga 1 million rublga yaqin mablag‘ o‘tkazgan.

Hozirda 1979-yilda tug‘ilgan ayolga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi,1.1-bandida (terrorchilik faoliyatiga ko‘mak) ko‘zda tutilgan jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Unga ayblov e’lon qilindi, ehtiyot chorasi qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют