» » “Milliy” stadion oldidagi yangi ko‘prik “yaqin kunlarda” foydalanishga topshiriladi (foto)

“Milliy” stadion oldidagi yangi ko‘prik “yaqin kunlarda” foydalanishga topshiriladi (foto)


“O‘zbekiston temir yo‘llari” Telegram’dagi rasmiy kanali orqali “yaqin kunlarda” Toshkentning Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida bunyod etilgan yo‘l o‘tkazgich ishga tushishi haqida ma’lum qildi.

Yo‘l o‘tkazgichning umumiy uzunligi 667,5 metrni tashkil etadi. Estakada qismining uzunligi 488,5 metr bo‘lib, balandligi 8, kengligi 24,5 metrni tashkil etadi. Yirik inshoot jami 21 ta ustun oralig‘ida barpo etildi.

Shuningdek, piyodalar uchun ham qator qulayliklar yaratilgan. Xususan, umumiy uzunligi 124 metr bo‘lgan ikkita piyodalar o‘tish ko‘prigi qurilib, yoshi keksa va nogironlar uchun maxsus lift hamda eskalator o‘rnatildi.

Shu tariqa Toshkent magistralidagi yo‘l o‘tkazgichalar soni 10 taga yetdi. Ta’kidlanishicha, 2018-yilda “Ko‘prikqurilish” tresti unitar korxonasi tomonidan yana 5 ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun avvalroq yangi ko‘prik joriy yilning iyun oyida foydalanishga topshirilishi haqida xabarlar berilgandi. Undan oldinroq esa topshirilish muddat sifatida may oyi keltirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют