» » Samarqandning Toyloq tumani rahbari Pastdarg‘om tumaniga hokim etib tayinlandi

Samarqandning Toyloq tumani rahbari Pastdarg‘om tumaniga hokim etib tayinlandi


1-avgust kuni xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Pastdarg‘om tumaniga 2017-yil fevralidan rahbarlik qilib kelgan Sobirjon Ergashev o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi vazifasidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Bahodir Sa’dullayev PastDarg‘om tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Sa’dullayev bungacha 2017-yil avgustidan beri viloyatning Toyloq tumaniga hokimlik qilayotgan edi.

Avvalroq 1-avgust kuni Samarqand viloyatining Toyloq, Pastdarg‘om va Oqdaryo tumanlarida navbatdan tashqari sessiyalar bo‘lib o‘tishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют