» » Julian Assanj sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Ekvador elchixonasini tark etadi

Julian Assanj sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Ekvador elchixonasini tark etadi


WikiLeaks asoschisi Julian Assanj sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli “yaqin vaqt” ichida Ekvador elchixonasini tark etadi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda, deb yozadi Meduza.

Nashrning ikki manbasiga ko‘ra, oxirgi vaqtda Assanjning sog‘lig‘i juda yomonlashgan, dipmissiya hududida esa u zarur yordamni olish imkoniga ega emas.

Ekvador prezidenti Lenin Moreno 28-iyul kuni mamlakat rasmiylari Assanj “muammosi”ni hal etish yuzasidan Buyuk Britaniya bilan muzokaralar olib borayotganligini ma’lum qilgan edi. U nima bo‘lganda ham WikiLeaks asoschisi elchixonani tark etishi lozimligini ta’kidladi.

Assanj Buyuk Britaniya sudi uning nomusga tegish ayblovi bo‘yicha Shvetsiyaga topshirilishini ma’qullagandan so‘ng 2012-yilda elchixonaga yashiringan edi. Hozirda uning Shvetsiya ayblovi bo‘yicha da’vo muddati tugagan, biroq unga Britaniya sudi talablariga bo‘ysunishdan bosh tortganlik bo‘yicha hibsga olish tahdid qilmoqda.

Assanj u AQShga topshirilishi mumkinligidan xavfsiramoqda. U yerda unga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin. Vashington uning ekstraditsiyasini hech qachon rasman talab qilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют