» » Ostonada Suriya qurolli muxolifati ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda

Ostonada Suriya qurolli muxolifati ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda


Ostonada Suriya qurolli muxolifati ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda, deb yozadi “TASS” Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

Suriya bo‘yicha konferensiyaning yalpi majlisidan oldin (u Toshkent vaqti bilan 14:00 ga belgilangan) delegatsiyalarning ikki tomonlama maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Suriya bo‘yicha xalqaro uchrashuv ishtirokchilari 15-fevral kuni Ostonada 16-fevralda ochiladigan Suriyadagi nizolarni tartibga solish bo‘yicha xalqaro uchrashuvga tayyorgarlik yuzasidan maslahatlashuvlar olib borgan edi. Diqqat markazida — o‘t ochishni to‘xtatish rejimi ustidan nazorat va oy oxiriga rejalashtirilgan Jenevadagi Suriyaaro maslahatlashuvlar istiqbollari.

Qozog‘iston poytaxtida yarashuvga kafil mamlakatlar — Rossiya, Eron va Turkiya vakillari, shuningdek, Iordaniya, AQSh va BMT vakillari, rasmiy Damashq va qurolli muxolifat delegatsiyasi ish olib bormoqda.

Опубликовано: admin (16-02-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют