» » O‘zbekistonda jami soliqlarning deyarli yarmi davlat kompaniyalari tomonidan to‘lanmoqda

O‘zbekistonda jami soliqlarning deyarli yarmi davlat kompaniyalari tomonidan to‘lanmoqda


2017-yilda O‘zbekiston hududida faoliyatini amalga oshirayotgan 350 ming firmadan atigi 8 mingtasi soliqlarni soliqqa tortishning umumiy rejimiga muvofiq to‘lagan. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi hisobotida ma’lum qilindi, deb yozadi Spot.

Shuningdek, hisobotga ko‘ra, o‘tgan yilda ish bilan band bo‘lgan 13,3 million kishidan faqat 4,5 millioni soliq va ijtimoiy to‘lovlarni tizimli ravishda to‘lab borgan.

Mutaxassislar fikricha, kelajakda daromadlarning keskin pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun soliq islohotini o‘tkazish lozim.

O‘zbekistonda 1 800 ga yaqin davlat korxonasi mavjud bo‘lib, ularda 800 ming kishi, ya’ni iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‘lgan aholining 18 foizi ishlamoqda.

Shu bilan bir paytda, yig‘ilayotgan soliqlarning yarmiga yaqini davlat korxonalariga to‘g‘ri keladi. Soliq islohoti xususiy sektorda yanada kengroq soliq bazasini shakllantirishga turtki bo‘lishi lozim.

O‘zbekistonda hozirda amalda bo‘lgan soliqqa tortish tizimi bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda qabul qilingan ilg‘or tajribadan yiroq. Hukumat ko‘p sonli soliq imtiyozlari va afzalliklarini bekor qilish haqidagi qarorni qabul qilishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют