» » Mira’zam Mirqosimov barcha rahbarlari ishdan olingan Qibray tumaniga hokim etib tayinlandi

Mira’zam Mirqosimov barcha rahbarlari ishdan olingan Qibray tumaniga hokim etib tayinlandi


Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 27-iyul kuni jinoyatchilikning oldini olishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Qibray tumani hokimi, uning o‘rinbosarlari, tuman prokurori, tuman IIB rahbari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi va “Mahalla” jamg‘armasi tuman bo‘limi rahbarini lavozimdan ozod etishga ko‘rsatma bergandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qibray tumanida 2009-yildan buyon hokimlik qilib kelgan Nig‘mat Muhamedov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Xalq deputatlari tuman kengashining 31-iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida uning o‘rniga Olmaliq shahrida hokimlik qilib kelayotgan Mira’zam Mirqosimov tuman hokimi etib tayinlandi.

Mira’zam Mirqosimov 1975-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1997-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini, 2008-yil Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan.

U 2011-2013 yillarda Shayxontohur tumani hokimining kommunal xo‘jalikni rivojlantirish, kommunikatsiyalar va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, keyinchalik Yunusobod tumaniga hokimlik qilgan.

Mira’zam Mirqosimov 2017-yil martida Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimligidan olingan va keyinchalik Olmaliq shahriga hokim etib tayinlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют