» » Kim Chen Irning sobiq oshpazi Pxenyanda restoran ochdi

Kim Chen Irning sobiq oshpazi Pxenyanda restoran ochdi


KXDRning marhum rahbari Kim Chen Irning sobiq shaxsiy oshpazi yapon millatiga mansub Kendzi Fudzimoto Pxenyanda restoran ochishga ruxsat oldi. Bu haqda 16-fevral, payshanba kuni NHK telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Xom baliqdan taomlar tayyorlanadigan ushbu muassasa poytaxtning eng zamonaviy binolaridan birida faoliyat ko‘rsatadi.

Kendzi Fudzimoto (bu uning taxallusi hisoblanadi) 13 yil mobaynida Kim Chen Irning oshpazi bo‘lgan. Uning o‘zi ta’kidlashicha, 2001-yilda u ish beruvchisini aldab Yaponiyaga qaytishga erishgan. Bu yerda uni KXDR maxsus xizmati agentlari topishga uringan. Fudzimoto o‘z yashash joyini sir tutgan, biroq keyinchalik Yaponiya televideniyesida chiqa boshlagan va 2003-yilda Pxenyandagi hayoti haqida olamshumul kitob chiqardi.

2012-yilda sobiq oshpaz yana Pxenyanga taklif etildi. U KXDR yangi rahbari Kim Chen In va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashganligini ta’kidlaydi. Fudzimoto o‘tgan yili mamlakat rahbaridan Pxenyanda yapon oshxonasini ochishga ruxsat olgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют