» » Bir kunda 255 nafar abituriyent test sinovlari tartib-qoidalarini buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi

Bir kunda 255 nafar abituriyent test sinovlari tartib-qoidalarini buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi


Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining birinchi kuni 1-avgustda o‘tkazildi va to‘liq yakunlandi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘zA muxbiriga ma’lum qildi. Test sinovlarida 23 ta oliy ta’lim muassasalarining 154 ta ta’lim yo‘nalishida 58 ming 985 nafar abituriyent ishtirok etdi, turli sabablarga ko‘ra 1393 nafar abituriyent test sinovlariga kelmagan.

Test sinovlari tartib-qoidalarini buzganligi sababli 255 nafar abituriyent, shundan 179 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga uringanligi uchun, 76 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Xabarda qayd etilishicha, test sinovlarining birinchi kuni respublikadagi 23 ta oliy ta’lim muassasalarida test jarayonlari bir vaqtda 1-smenada 8:00 dan boshlanib, 11:30 ga qadar va 2-smenada 15:00 dan boshlanib, 18:30 ga qadar to‘liq yakunlangan.

Test sinovlari o‘tkaziladigan 57 ta binoda yong‘in va xavfsizlik choralari ko‘rildi, abituriyentlar uchun barcha auditoriyalarda ichimlik suvi hamda barcha binolarda tibbiyot xodimlarining navbatchiligi tashkil etildi.

Abituriyentlarning ota-onalari uchun salqin joylarda joylar tashkil qilindi va u yerda katta hajmli monitorlar yordamida test jarayonlari onlayn ko‘rinishda yoritib borildi.

Yozning chillasida ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida ilk bor test sinovlari UzdigitalTV va mahalliy telekanallar orqali hamda test2018.uz Internet saytida onlayn ko‘rinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritildi.

Ichki ishlar tizimidan 4 963 ta shaxsiy tarkib xodimlari, 1206 ta aloqa vositalari, 694 ta metallodetektorlar, 289 ta transport vositalari test sinovlari jarayoni xavfsiz o‘tishiga jalb qilindi.

Test sinovlarini o‘tkazishga ta’lim muassasalaridan test sinovlari o‘tkazish tartib-qoidalari va texnologiyasi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 2 ming 434 nafar guruh nazoratchilari jalb etildi.

Barcha hududlarda jamoat va yong‘in xavfsizligi, test materiallarining maxfiy va daxlsizligi, binolar faoliyat tizimining uzluksiz ishlashi, tibbiy xizmat va inshootlarni qo‘riqlash to‘liq ta’minlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют