» » O‘zbekistonda 1-oktabrdan yer uchastkasini 50 yilga ijaraga olish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda 1-oktabrdan yer uchastkasini 50 yilga ijaraga olish mumkin bo‘ladi


O‘zbekistonda 2018-yil 1-oktabrdan investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda, deb yozadi Spot “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga tayanib.

Yangi tartibga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini 50 yilgacha muddatga, lekin arizada ko‘rsatilganidan kam bo‘lmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli ijaraga olish mumkin.

Ko‘chmas mulk obyektlarini (mehmonxonalar, savdo obyektlari, madaniy-ko‘ngilochar majmualar, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, ta’lim va tibbiyot tashkilotlari, yo‘l infratuzilmasi va boshqalar) qurish uchun yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqi auksion orqali sotiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tuman (shahar) hokimlariga chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini 50 yilgacha muddatga, lekin arizada ko‘rsatilganidan kam bo‘lmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli ijaraga berish huquqi taqdim etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют