» » Alisher Usmonov yil boshidan buyon boyligini 102 mln dollarga ko‘paytirdi

Alisher Usmonov yil boshidan buyon boyligini 102 mln dollarga ko‘paytirdi


Yil boshidan buyon 24 nafar rossiyalik milliarderlarning jami davlati 13,9 milliard dollarga oshib, 271,2 milliard dollarni tashkil qildi, deb yozadi “RBK” Bloomberg Billionaires Index’ga tayanib.

Ro‘yxatda eng boy rossiyalik “Severstal”ning asosiy aksiyadori Aleksey Mordashov bo‘ldi. Uning boyligi 20,4 milliard dollarga baholandi, u 675 million dollarga o‘sdi. Undan keyin Novolipetsk metallurgiya kombinati asosiy benefitsiari Vladimir Lisin 20,3 milliard dollar (o‘sish 2,24 milliard) bilan joylashdi. Uchinchi o‘rinda — “Novatek” rahbari Leonid Mixelson, uning kapitali 3,27 milliard dollarga o‘sib, 19,9 milliard dollarga yetdi.

Reytingga shuningdek, “Interros” egasi Vladimir Potanin (18,5) va “Yevroxim”ning asosiy aksiyadori Andrey Melnichenko (15,9) ham kirdi.

“Lukoyl” rahbari Vagit Alekperov o‘z davlatini 2,91 milliard dollarga (15,5 milliard dollar) ko‘paytirdi. USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov yanvardan buyon 102 million dollar (14,6 milliard dollar), Roman Abramovich esa 1,59 milliard dollar (14,1 milliard dollar) orttirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют