» » Samarqandda chiqindi tashlash bo‘yicha 247 nafar huquqbuzarga 43 mln so‘m jarima solindi

Samarqandda chiqindi tashlash bo‘yicha 247 nafar huquqbuzarga 43 mln so‘m jarima solindi


Samarqandda joriy yilning 6 oyi davomida aholi yashash punktlari sanitar holatini yaxshilash, hamda O‘zbekiston Respublikasi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonuni talablarini joylarda bajarilishi bo‘yicha 245 marta reydlar o‘tkazilgan. Reydlar natijasida ro‘zg‘or chiqindilarni belgilanmagan hududlarga joylashtirganliklari uchun 247 nafar huquqbuzarlik holati aniqlanib 43 060 000 so‘m jarima solingan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, shahar va tuman inspektorlari tomonidan 51 ta norasmiy chiqindixonalar aniqlanib, hashar yo‘li bilan ushbu norasmiy chiqindixonalardan 428,9 tonna maishiy chiqindilar olib chiqilgan.

Samarqand shahar hududidan oqib o‘tuvchi Siyob kanali atrofiga Samarqand shahar “Xumo” mahallasi va “Yoshlar” mahallasida yashovchi fuqarolar tomonidan har xil turdagi chiqindilarni Siyob kanali atrofiga tashlayotganligini oldini olish maqsadida mahalla raislariga ogohlantirish xatlari berilgan va chiqindini belgilanmagan joylarga tashlagan fuqarolarga nisbatan mamuriy choralar ko‘rilgan.

Samarqand shahar Zarafshon daryosi qirg‘oqlari hududlarida, “Katta o‘zbek trakt” ko‘chasida va “Mehnat” mahallasida shahar inspektorlari tomonidan xududlarda to‘planib qolgan har xil turdagi chiqindilarni tozalash bo‘yicha hashar tashkil qilinib hudud chiqindilardan tozalandi.

Bundan tashqari 5-iyun “Xalqaro atrof muhitni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan viloyatning barcha shaxar va tumanlarida “Toza hudud” DUK hamda homiylar bilan hamkorlikda hududlarda 21 ta norasmiy chiqindixonalar aniqlanib ulardan 186 tonna chiqindilar hashar yo‘li bilan chiqindixonalarga joylashtirildi.

Samarqand shahar hududidan oqib o‘tuvchi Siyobcha, Siyob, Obi raxmat, Chashma kanallari va kollektorlar bo‘yicha Samarqand viloyat Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi xodimlari bilan hamkorlikda reydlar o‘tkazildi va o‘tkazilgan reydlar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют