» » Tojikiston madaniyat vaziri boshchiligidagi do‘stlik delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Tojikiston madaniyat vaziri boshchiligidagi do‘stlik delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi


Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzoda boshchiligidagi Tojikiston do‘stlik delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tojikiston delegatsiyasi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzoda va boshqalar o‘zbek va tojik xalqlarini ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnilik rishtalari, umumiy tarix, yagona din, madaniyat, urf-odat va an’analar mushtarakligi bog‘lab turishi, so‘nggi yillarda ikki davlat rahbarlarining tashabbuslari bilan turli jabhalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Tojik xalqi Hazrat Navoiyni, o‘zbek adabiyotini qanchalar e’zozlasa, o‘zbek xalqi ham Abdurahmon Jomiyni, tojik adabiyotini shunchalar qadrlaydi. Samarqand shahrida o‘zbek va tojik adabiyotining ikki buyuk mutafakkiri – Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali o‘rnatildi. Tojikiston Prezidenti Dushanbedagi Behzod ko‘chasida joylashgan istirohat bog‘ining nomini “Nizomiddin Alisher Navoiy” deb qayta nomlash, u yerda o‘zbek va tojik xalqlari do‘stligining ramzi sifatida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallarini o‘rnatishga qaror qildi. Bularning barchasi O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida adabiyot sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tashrif doirasida Tojikiston delegatsiyasi poytaxtdagi Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют