» » Jomboylik jinoyatchi uyida 2 ta o‘g‘irlab qochilgan Nexia mashinasini saqlayotgani ma’lum bo‘ldi

Jomboylik jinoyatchi uyida 2 ta o‘g‘irlab qochilgan Nexia mashinasini saqlayotgani ma’lum bo‘ldi


Samarqand shahrida shu yil 14-iyul kuni noma’lum shaxs “Dahbedi” MFYda joylashgan “Shodiyona” savdo majmuasi oldida qarovsiz qoldirilgan Samarqand tumanida yashovchi U.K.ga tegishli Nexia rusumli mashinani haydab qochdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jomboy tumanida yashovchi G‘.X. sodir etganligi aniqlanib, uning yashash uyidan Nexia texnik soz holda topildi.

Shuningdek, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida shu yil 26-iyul kuni “Shodiyona” savdo majmuasi oldida qarovsiz qoldirilgan fuqaro Z.B.ga tegishli bo‘lgan yana bir Nexia mashinasini ham G‘.X. haydab qochgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu avtomobil ham uning yashash uyidan texnik soz holda topildi.

IIV mazkur o‘g‘irliklar yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlariga xabar bergan fuqarolarga minnatdorlik bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют