» » Samarqand viloyat IIB boshlig‘i Pastdarg‘omda sayyor qabul o‘tkazdi

Samarqand viloyat IIB boshlig‘i Pastdarg‘omda sayyor qabul o‘tkazdi


Pastdarg‘om tumanining Ilm qishlog‘ida o‘tkazilgan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda tuman rahbarlari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Sayyor qabulda tumanning Mehnat, Ilm, Beklar, Otarchi, Qo‘shquduq, Zormon, Sanchiqul kabi o‘ndan ortiq qishloqlarining fuqarolari o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolarini bayon etishdi. Qirq mingga yaqin kishi istiqomat qilayotgan mazkur hudud aholisidan tushgan 130 ga yaqin murojaatlar sektorlar hamda tashkilot rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘ttizdan ortiq murojaat shu yerning o‘zida yechim topdi va qolganlari ijobiy hal etilishi uchun mutasaddi tashkilotlarga yuklatildi.

Viloyat IIB matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, muloqot jarayonida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kredit mablag‘lari ajratish, gaz, ichimlik suvi masalalari, ichki yo‘llarni ta’mirlash, qolaversa tibbiyot va ta’lim sohasida uchrayotgan ayrim kamchiliklarga e’tibor qaratilgan. Murojaatlarni o‘z vaqtida va bekam-u ko‘st bajarilishi uchun mas’ul shaxslarga alohida topshiriqlar berilgan va ularning ijrosi nazoratga olinishi bildirilgan.

Shuningdek, Ilm qishlog‘ida yashovchi kam ta’minlangan, moddiy yordamga muhtoj va 2 guruh nogironi Hamdam Xolmurodovning oilasi Pastdarg‘om tumaniga sektor rahbari etib biriktirilgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, hamda tuman rahbariyati tomonidan o‘rganildi. Uy egasiga moddiy va ma’naviy yordam berish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют