» » Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj Toshkentga keladi

Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj Toshkentga keladi


2018-yilning 4-avgust kuni Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj Toshkentga keladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hindiston delegatsiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Tashrif dasturidan, shuningdek, Hindiston TIV rahbarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, hukumat va Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvlari va muzokaralari ham o‘rin olgan.

Mazkur tadbirlar davomida O‘zbekiston—Hindiston hamkorligini yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют