» » Qoraqalpog‘istonda o‘g‘rilikda gumonlangan shaxsni qo‘lidan osib qo‘ygan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qoraqalpog‘istonda o‘g‘rilikda gumonlangan shaxsni qo‘lidan osib qo‘ygan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanidagi “Shobboz” haftalik dehqon bozorida fuqaro U.A. 1-avgust kuni soat 6:00 atrofida o‘g‘rilikda gumon qilingan shaxs — D.N. bozor darvozasi ustuniga osib qo‘ygan. Bu haqda, Qoraqalpog‘iston IIV axborotiga asoslanib, O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

2-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanidagi “Shobboz” haftalik dehqon bozorida o‘g‘rilikda gumonlangan shaxsning arqon bilan qo‘llaridan bozor kirish darvozasi ustuniga osib qo‘yilgan holati videosi tarqalgan edi. Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, bu holat 1-avgust kuni soat 6:00 atrofida fuqaro U.A. tomonidan sodir etilgani ko‘rsatilgan.

Mavzuga doir: Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanidagi Shabboz bozorida o‘g‘rilikda gumon qilingan yigit qo‘lidan osib qo‘yildi (video)

Fuqaro U.A. bozor hududida savdo qiluvchi odamlar tomonidan o‘g‘irlik sodir etganlikda shubhalanib ushlab turilgan fuqaro D.N.ni qo‘llarini arqon bilan bog‘lab, bozorning kirish darvozasi ustuniga osgan qo‘ygan. U.A. bu bilan, IIVning qayd etishicha, fuqaro D.N.ning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini kamsituvchi harakatlar sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro U.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (“O‘zboshimchalik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs eng kam ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

“Fuqaro D.N.ning o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan yoki etmaganligi yuzasidan tergovda aniqlik kiritiladi va bu haqda tergov yakuniga ko‘ra qo‘shimcha axborot beriladi”, — deyiladi IIV axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют