» » OAV: Kim Chen Inning akasi Kim Chon Namni besh soniyada zaharlashgan

OAV: Kim Chen Inning akasi Kim Chon Namni besh soniyada zaharlashgan


Kim Chon Namni Kuala-Lumpur aeroportida o‘ldirib ketganlikda gumonlanayotganlarga uni zaharlash uchun besh soniya yetarli bo‘lgan. KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi o‘limining bunday versiyasini New Straits Times gazetasi chop etdi, deb yozadi “TASS”.

Nashr yozishicha, uchish terminalidagi kuzatuv kameralaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ikki ayol o‘z obyektini uzoq vaqt davomida kuzatgan va uning atrofidagi odamlar siyraklashishini kutib, qulay lahzani tanlagan. So‘ng ayollardan biri Kim Chon Nam bilan suhbatlasha boshlagan, ikkinchisi esa uning ortida turib, uni zaharlagan. Ammo hozircha zahar qanday qilib Kim Chon Namning tanasiga singgani noma’lum. Shundan keyin ayollar terminalni tark etib, taksida qochib ketgan.

“Butun operatsiya aniq rejalashtirilgan va bekam-u ko‘st amalga oshirilgan, agar kuzatuv kameralari bo‘lmaganida kim hujum qilganini aniqlab bo‘lmasdi”, — deya gazeta politsiya vakili fikrini keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Malayziya politsiyasi poytaxt aeroportida vafot etgan KXDR fuqarosi Kim Chon Nam ekanligini tasdiqladi. “U Makaoga parvozni kutib, ikkinchi terminalda o‘tirgan. Bu odam yerdagi xizmatlar xodimlariga murojaat qilib, kuchli bosh aylanishidan shikoyat qilgan. U, shuningdek, noma’lum kimsa uning yuziga suyuqlik sepib yuborib, so‘ng qochib ketgani haqida aytib bergan”, — deya ma’lum qildi Selangor shtati politsiyasi rahbarining yordamchisi.

Опубликовано: admin (16-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют