» » Samarqandda yetkazilmagan gaz ballonlari uchun 370 ta soxta tashakkurnoma yozilgan. Turdimov bunday noto‘g‘ri ma’lumot bergan rahbarlarni jazolashni taklif qildi

Samarqandda yetkazilmagan gaz ballonlari uchun 370 ta soxta tashakkurnoma yozilgan. Turdimov bunday noto‘g‘ri ma’lumot bergan rahbarlarni jazolashni taklif qildi


Samarqand viloyatining Paxtachi tumani hokimligida Jamoatchilik nazorati guruhlarining o‘rganishlari natijasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. “Zarnews.uz” xabariga ko‘ra, yig‘ilishda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov ham qatnashgan.

Yig‘ilishda Turdimov mahalliy boshqaruv idoralari vakillarining faoliyati sust ekanini keskin tanqid qilarkan, muammolarni bartaraf etishda mutasaddilar fuqarolardan soxta tashakkurnomalar yozdirib olinganini aytgan.

Masalan, gaz ballonlari yetkazish bo‘yicha 370 ta, qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha to‘rtta, ishga joylashtirishda to‘qqizta, tijorat banklari tomonidan beshta ariza ijobiy hal bo‘ldi, deb yolg‘on ma’lumot berilgan. Paxtachi tuman hokimiga kelgan 1 070 ta murojaatning 931 tasi esa yechimini topmagan.

Yig‘ilishda Erkinjon Turdimov noto‘g‘ri ma’lumot bergan rahbarlarga ma’muriy jazo qo‘llashni tavsiya qildi. “O‘z faoliyati mas’uliyatini his qilmay ish yuritayotgan bu kabi rahbarlar tufayli aholida ishonchsizlik kayfiyati ortib ketgan”, — deb aytgan viloyat rahbari.

So‘nggi kunlarda Jamoatchilik nazorati guruhlarining o‘rganishlari natijasida gaz balloni masalasida 1,5 mingga yaqin murojaat tushgan. Aniqlanishicha, ba’zi hududlarga 4 oydan beri to‘ldirilgan gaz balloni bormagan. Ishsizlik va ish xaqlari bo‘yicha 1 258 ta murojaat olingan.

Tuman hokimining sanoat va qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga 3 300 ta, yoshlar bo‘yicha o‘rinbosariga 550 ta, investitsiya bo‘yicha o‘rinbosariga 36 ta, tuman xotin-kizlar qo‘mitasi raisiga 91 ta murojaat kelib tushgan. Viloyat rahbari ushbu murojaatlarni ko‘rib chiqib, yechimini topish uchun mutasaddilarga besh kun muhlat bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют