» » Buxoro tibbiyot institutiga hujjat topshirgan abituriyent 90 ta test savolining barchasiga to‘g‘ri javob berdi

Buxoro tibbiyot institutiga hujjat topshirgan abituriyent 90 ta test savolining barchasiga to‘g‘ri javob berdi


1-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlari doirasida Buxoro davlat tibbiyot institutiga kirish uchun imtihon topshirgan abituriyent 90 ta test savolining bariga to‘g‘ri javob berdi. Bu haqda “Xushnudbek.uz” Telegram-kanalida xabar berildi.

Abituriyent biologiya fani (birinchi blok)dan 30 ta, kimyo fani (ikkinchi blok)dan 30 ta hamda ona tili va adabiyot fanlari (uchinchi blok)dan 30 ta savolning barchasiga to‘g‘ri javob berib, ijodiy imtihon va harbiy imtiyozsiz qayd etish mumkin bo‘lgan maksimal baho — 189 ballni qo‘lga kiritgan.

“Vunderkind abituriyent” ta’riflangan ushbu fuqaro Buxoro davlat tibbiyot institutining davolash ishi ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga kirdi.

Mavzuga doir: 1-avgustdagi test imtihonlari natijalari e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют