» » Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid qurilishi jadallik bilan davom etmoqda (fotogalereya)

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid qurilishi jadallik bilan davom etmoqda (fotogalereya)


Joriy yilning 9-fevral kuni O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Chilonzor tumanida yangi masjid qurish va unga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomini berish haqida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda xabar berilgan edi. Bugun masjidda qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda, deb yozadi “Islom.uz”.

Loyihaga ko‘ra, masjid hududi namozxona, ayollar namozxonasi, tahorat xonalari, minora, 3 ta kirish peshtoqi, “So‘galli Ota” maqbarasi, anjumanlar saroyi, tashqi va ichki favvoralar, masjid sahni, avtoulovlar uchun to‘xtash joyi va h.k.lardan iborat. Umumiy yer maydoni – 21180,0 m2.

Shuningdek, davlat rahbari ushbu hududga fevral oyidagi tashrifi chog‘ida masjid yonida muzey bunyod etish va u yerda shayx hazratlarining umr yo‘liga oid qimmatli ma’lumotlar, ularning ilmiy merosini jamlash lozimligini ta’kidlab o‘tgan edi.

Hududda o‘zgacha chiroy baxsh etuvchi Anjumanlar saroyi, loyihaga ko‘ra 200 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy maydoni 591,4 m2 tashkil etadi.

Mazkur yirik inshootning loyihachisi Karatprojekt tashkilotidir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 46) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют