» » Apple’ning bozor narxi 1 trln dollarga yetdi

Apple’ning bozor narxi 1 trln dollarga yetdi


Apple kompaniyasining bozor kapitalizatsiyasi rasman 1 trillion dollargacha o‘sdi, deb yozadi Afisha Daily. 2-avgust kungi savdolarda kompaniya aksiyalari 207,05 dollardan sotilgan.

Aksiyalar monitoringi servislari avvalroq Apple 1 trillion dollargacha qimmatlashishi haqida xabar bergan edi, ammo bu xato bo‘lib chiqdi.

Aksiyalar qimmatlashuvi Apple tomonidan choraklik hisobotning e’lon qilinishi bilan bog‘liq. Uning natijalari ko‘pchilik tahlilchilar kutgan ko‘rsatkichlardan oshib tushdi. Apple hisob-kitoblariga ko‘ra, kompaniyaning ushbu chorakdagi daromadi 60—62 milliard dollarni tashkil qiladi, bu 2017-yilning shu davriga nisbatan 14—18 foizga ko‘proq demakdir. Apple daromadining katta qismi iPhone savdosiga to‘g‘ri keladi, ikkinchi o‘rinda — AppStore’dagi xaridlar, iCloud va Apple Music’dagi obunalar.

Apple kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan oshgan ikkinchi kompaniya bo‘ldi. Bungacha Xitoyning PetroChina kompaniyasi 2007-yilda bunday ko‘rsatkichga erishgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют