» » Rasman: Gonsalo Iguain “Milan”, Leonardo Bonuchchi esa “Yuventus” futbolchisi

Rasman: Gonsalo Iguain “Milan”, Leonardo Bonuchchi esa “Yuventus” futbolchisi


“Milan” va “Yuventus” klublari bir yo‘la uchta transfer haqida e’lon qildi.

Unga ko‘ra “keksa sinyora” tarkibiga bir yilda davomida “Milan”da faoliyat olib borgan himoyachi Leonardo Bonuchchini qaytardi. Bonuchchi “Yuventus” bilan 2023-yilgacha shartnoma imzoladi.

Gonsalo Iguain va Mattia Kaldara esa “Milan”ga transfer qilindi. Mattia “Milan” bilan 2023-yilgacha shartnoma tuzdi.

Iguain esa “Yuventus” tomonidan milanliklarga bir yilga ijaraga berildi.  “Milan” bir yillik ijara uchun 18 million yevro to‘laydi. Shuningdek, 2019-yilda futbolchini 36 million yevroga sotib olishi mumkin bo‘ladi. Bu mablag‘ ikki yil davomida to‘lanadi.

Bonuchchi va Kaldara esa klublar tomonidan 35 million yevroga baholangan. Qayd etilishicha, “Yuventus” va “Milan” mazkur mablag‘larni ikki yilda davomida bir-biriga to‘laydi.

Turinliklar mazkur o‘tishlarning klub uchun ijobiy samarasini 22 million yevroga baholagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют