» » O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ShHT Yoshlar kengashiga a’zo bo‘ldi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ShHT Yoshlar kengashiga a’zo bo‘ldi


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasining Xitoyga safari yakunlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur safar natijalarga boy bo‘ldi. Jumladan, ShHT Yoshlar kengashining 2018—2019-yillarga mo‘ljallangan ish rejasi qabul qilinib, O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan 6 ta xalqaro ahamiyatga ega loyiha tashabbusi ilgari surildi.

Umumxitoy yoshlar federatsiyasi ko‘magida samarali faoliyat yuritayotgan 25 nafar biznes vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. O‘zbekistonning barcha hududlarida yoshlar bog‘lari barpo etish hamda har bir tuman-shaharlarda 3 D va 5 D kinoteatrlar tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish, elektron tijorat infratuzilmasini rivojlantirish, yosh tadbirkorlar uchun biznes o‘quv kurslarini tashkil qilish hamda kovorking markazlari milliy brendini yaratish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Mazkur kelishuvlar doirasida joriy yilning sentyabr-oktyabr oylari davomida Xitoyning 100 dan ortiq, Rossiyaning 40 nafar biznes vakilining O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha yo‘l xaritasi tuzildi.

O‘zbekistonga strategik sherik bo‘lgan davlatlar yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama muloqotlar amalga oshirildi.

Jumladan, Umumxitoy yoshlar federatsiyasi raisi Xe Jun Ke bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Hamkorlikning amaliy asosi sifatida anglashuv memorandumi imzolash masalalari muhokama qilindi. Belarus yoshlar ittifoqi bilan ikki tomonlama rasmiy uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Hamkorlik doirasida o‘zaro ko‘ngilli yoshlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yoshlar turizmini rivojlantirish hamda yosh fermerlar uchun ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston va Ozarboyjon vakillari bilan ham rasmiy uchrashuvlar tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama etildi.

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida ushbu davlatga o‘qiyotgan va ishlayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv tashkil etilib, ular tomonidan kelajakda mamlakatga qaytib, egallagan ilg‘or tajribalari asosida faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi. O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Xitoydagi vakili va koordinatori saylandi.

Eng muhimi, Umumxitoy yoshlar federatsiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ShHT Yoshlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ShHT Yoshlar kengashiga teng huquqli a’zo sifatida qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют