» » Davlat xizmatlari markazlari bir kunda 600 kishiga 100 ta xizmat turini taklif qilmoqda

Davlat xizmatlari markazlari bir kunda 600 kishiga 100 ta xizmat turini taklif qilmoqda


2017-yil davomida markazlar orqali jami 120 000 ta xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2018-yilning aprel—iyun oylarining o‘zidagina 1 million 35 ming xizmat aholiga taqdim etildi. Bu haqda davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

Agar 2017-yilda markazlar orqali ko‘rsatiladigan xizmat turlari 32 tani tashkil etgan bo‘lsa, hozirda xizmat turlari 100 taga yetkazildi. Ya’ni, 3 baravarga oshdi.

Aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonini tahlil qilishda agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018-yilning 6 oyi davomida 9 829 ta qonun buzilishi aniqlandi. Qonun buzilishlarning 5 705 tasi hokimlik organlari, 776 tasi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, 538 tasi qurilish va 47 tasi kadastr idoralari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 4 mingga yaqin ta’sir choralari qo‘llanilib, 183 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, 30 nafar shaxs vazifasidan ozod etilgan, 155 nafar shaxs esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Taqdim etilayotgan xizmatlar turlarining ortishi markazlarga odamlar oqimi ko‘payishiga olib kelmoqda. Jumladan, agar 2017-yilda markazlarga 1 kunlik aholi oqimi o‘rtacha 20—40 kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilda bu ko‘rsatkich 350—600 tani tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют