» » O‘zbekistonning “Gita” laqabli xizmat iti “ArMI-2018”da rekord natijani qayd etdi

O‘zbekistonning “Gita” laqabli xizmat iti “ArMI-2018”da rekord natijani qayd etdi


IV Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Moskva viloyatining Dmitrov shahrida o‘tkazilayotgan kinologiya xizmati itlari o‘rtasidagi “Sodiq do‘st” tanlovnining 300 metrli to‘siqlar yo‘lagidan o‘tishda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Markaziy xizmat itlari pitomnigi harbiy xizmatchisi Shokir Jo‘rayevining “Gita” laqabli xizmat iti 1 daqiqayu 15 soniya natija bilan rekord o‘rnatdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Bu tanlovda “Gita” laqabli Belgiya ovcharkasi – Malinua nafaqat rekord natija bilan, balki “Himoya xizmati” shartidagi extimoliy dushmanni ushlash jarayonida uni sakrab bo‘ynidan yiqitganida ham ekspertlar diqatiga sazovor bo‘ldi. “O‘zi kichkina bo‘lsa-da, yuragi katta it ekan”, – deya e’tirof etdi hakamlar hay’ati a’zolari.

“Sodiq do‘st” tanlovida yetti mamlakat harbiy xizmatchilari o‘z kinologiya xizmati itlari bilan ishtirok etmoqda. Dog-biatlon (individual poyga) shartida O‘zbekistonning xizmat itlari 4-o‘rinni, tanlovning ikkinchi sharti – 300 m to‘siqli yo‘lakdan o‘tishda 2-o‘rinni va Himoya xizmati (shartli qoidabuzarni ushlash) shartida 3-o‘rinni egallab kelmoqda. Navbatdagi shart – Dog biatlon (estafeta) 4-avgust kuni o‘tkaziladi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligidan vakillik qilayotganlarning ta’kidlashicha, harbiy xizmatchilar va xizmat itlari keyingi shartga tayyorglik darajasi yuqori.

Eslatib o‘tamiz, “ArMI—2017” doirasida o‘zbekistonlik harbiy kinologlar uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют