» » O‘zbekistonda Astraxan davlat texnika universitetining filiali? ochiladi

O‘zbekistonda Astraxan davlat texnika universitetining filiali? ochiladi


“Baliqchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan 2018—2021-yillarda baliqchilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Dasturda qayd etilishicha, intensiv usullarda baliq yetishtirishni joriy etish, ilmiy-texnik grantlar ajratish, venger karpi, tilyapiya, laqqasimon, kamalak foreli, qora sazan kabi yangi baliq turlarini yetishtirish belgilandi.

Shuningdek, dasturda Astraxan davlat texnika universitetining filialini ochish, Xitoyning Baliqchilik Fanlar akademiyasi bilan birgalikda O‘zbekiston hududida Qizil kitobga kiritilgan “Turkiston mo‘ylovdori” populyatsiyasini ko‘paytirish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari Turkiyaning “Chuchuk suvlar baliqchiligi” instituti bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish belgilandi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют