» » Janubiy Koreyada anomal issiqdan halok bo‘lganlar soni 29 nafarga yetdi

Janubiy Koreyada anomal issiqdan halok bo‘lganlar soni 29 nafarga yetdi


Janubiy Koreyada ikki haftadan beri anomal issiq ob-havo saqlanib qolmoqda. Havo harorati doimiy ravishda 35? C dan yuqorilab bormoqda, deb yozadi Kommersant.

1-avgust, chorshanba kuni Seulda so‘nggi 111 yil ichidagi eng issiq ob-havo — 39,6? C qayd etildi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jazirama sabab shu kunga qadar 29 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Anomal issiq butun hududni qamrab olgan. Aholisi bunday ob-havoga ko‘nikmagan Yaponiyada ham hozirda havo harorati muntazam 40? C dan yuqorilab bormoqda. O‘tgan haftada Kumagaya shahrida Yaponiya uchun rekord bo‘lgan — 41,1? C daraja issiq ob-havo qayd etildi.

Mahalliy qutqaruv xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra so‘nggi 3 oy mobaynida Yaponiyaning 57,5 ming aholisi jazirama sabab (quyosh urishi yoki gipertermiya) kasalxonaga yetkazilgan. Ulardan 125 nafari esa vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют