» » O‘zbekistonga elektron viza olish uchun 15 kunda 2748 nafar xorijlik murojaat qildi

O‘zbekistonga elektron viza olish uchun 15 kunda 2748 nafar xorijlik murojaat qildi


Joriy yil 1-avgust holatiga O‘zbekistonga kirish elektron vizasi uchun “E-visa.gov.uz” saytiga 2748 nafar chet ellik fuqaro murojaat qildi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Ulardan 2297 nafariga viza berildi, 487 murojaat ko‘rib chiqilmoqda. Viza berishda rad etish holatlari qayd etilmadi.

Elektron vizalar olish uchun dunyoning 41 davlatidan murojaat kelib tushdi. Bu ro‘yxatda Xitoy (533), AQSh (361) va Buyuk Britaniya (335) yetakchilik qilmoqda.

Shuningdek, Hindiston (264), Fransiya (184), Germaniya (138), Avstraliya (129), Polsha (116), Ispaniya (101) va Italiyadan (100) ham viza olish uchun ko‘plab murojaat qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют