» » Kanadalik xonandaning AQShdagi uyidan 2 mln dollarga teng qimmatbaho buyumlar o‘g‘irlab ketildi

Kanadalik xonandaning AQShdagi uyidan 2 mln dollarga teng qimmatbaho buyumlar o‘g‘irlab ketildi


Kanadalik xonanda Alanis Morissett o‘g‘rilar qurboniga aylandi. Noma’lum kimsalar 42 yoshli qo‘shiqchining Los-Anjeles yaqinidagi Brentvud shaharchasida joylashgan dang‘illama hovlisidan 2 million dollarga teng qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irladi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.

Xabarda qayd etilishicha, politsiya jinoyatchilarni izlamoqda. Morissett turmush o‘rtog‘i Mario Tredvey hamda 6 yoshli o‘g‘li Ever va 6 oylik qizi Oniks bilan qo‘riqlanadigan yopiq qishloqda istiqomat qiladi. Jinoyatchilar xonandaning uyiga qanday kirib qolgani hozircha noma’lum.

O‘g‘rilik 9-fevral kuni amalga oshirilgan, ammo bu haqdagi xabar yaqindagina paydo bo‘ldi. Noxush voqeaga qaramay, xonanda xafa emas, u 14-fevral – Valentin kunini turmush o‘rtog‘i bilan plyajda o‘tkazgan.

Qayd etish joiz, Alanis Morissett taqinchoqlar kolleksiya qilish bilan ham tanilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют