» » Bosh prokuratura tuzilmasida yangi rahbarlar tayinlandi

Bosh prokuratura tuzilmasida yangi rahbarlar tayinlandi


O‘zbekiston Prezidentining 2-avgustdagi farmoniga asosan Mavlonov Akmalxo‘ja Yusupovich O‘zbekiston Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Akmalxo‘ja Mavlonov (1975 y. t.) Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan (2002). Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002-yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Marg‘ilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan. Fevraldan shu vaqtgacha Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Rahimov Dilshod Faxriyevich Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Dilshod Rahimov (1978 y. t.) Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan (2002). 2010-yildan Bosh prokuratura huzuridagi departamentda, departament organlarida turli lavozimlarda, 2012-yildan Bosh prokuratura bo‘lim prokurori, katta prokurori, boshqarma katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. Avval Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Muhamedov Umidjon Salimovich Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Umidjon Muhamedov (1976 y. t.) Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan (1998). 1998-yildan Toshkent harbiy prokuraturasida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2010-yildan Bosh prokuratura bo‘limi katta prokurori, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Ohangaron tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan. Avval Bosh prokuratura qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Achilov Jamol Alisherovich Bosh prokuratura qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Jamol Achilov (1982 y. t.) Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan (2002). 2008-yildan Adliya vazirligi iqtisodiy qonunchilik boshqarmasida boshlab, Adliya vazirligida turli lavozimlarda, 2015-yildan Vazirlar Mahkamasi, Prezident devonida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Avval Bosh prokuratura bojxona va soliq sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют