» » Video: Baynalmilal ko‘chasida yo‘l harakati qoidalarining ommaviy ravishda buzilishi

Video: Baynalmilal ko‘chasida yo‘l harakati qoidalarining ommaviy ravishda buzilishi


“Gazeta.uz” mushtariylaridan biri yuborgan avtomobil videoregistratoridagi yozuvda yaqinda ta’mirdan chiqarilgan Baynalmilal ko‘chasida ommaviy ravishda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlanish ko‘rinishidagi yo‘l harakati qoidalarining buzilishi qayd etilgan.

Birinchi qisqa video 1-avgustda Oqtepa maydoniga harakatlanishda yozib olingan bo‘lib, unda 2 daqiqa ichida eng kamida 15 ta avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketganini ko‘rish mumkin.

2-avgust kuni xuddi shu qismda yozib olingan videoda esa o‘ndan ortiq mashina qarshi yo‘nalish bo‘ylab harakatlangani tasvirlangan. Bunda qarshi tomondan yo‘l-patrul xizmati mashinasi kelayotgan vaziyat ham bor.

“Gazeta.uz”ning qayd etishicha, Toshkent IIB YHXB qoidabuzarlarga qarshi albatta chora ko‘rilishini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют