» » Aktam Xaitov O‘zLiDeP siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi

Aktam Xaitov O‘zLiDeP siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi


Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati—O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Majlisda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasida ishlab kelayotgan Aktam Xaitov siyosiy kengash ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.

Shuningdek, siyosiy kengash tarkibiga ham o‘zgartirishlar kiritildi.

Ma’lumot uchun, 2013-yil dekabr oyidan partiya siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Sodiqjon Turdiyev 2017-yil avgust oyida Andijon viloyatining Jalaquduq tumani hokimi etib tayinlangan, Baxtiyor Yoqubov qo‘mita raisi vazifasini vaqtincha bajarib  kelayotgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2018, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют