» » O‘zbekistonda 3-avgust kuni test sinovlarida 58 ming abituriyent ishtirok etdi

O‘zbekistonda 3-avgust kuni test sinovlarida 58 ming abituriyent ishtirok etdi


O‘zbekistonda 3-avgust kungi test sinovlarida 17 ta oliy ta’lim muassasasining 89 ta ta’lim yo‘nalishida 58 ming 533 nafar abituriyent ishtirok etdi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Turli sabablarga ko‘ra 1166 nafar abituriyent imtihonlarga kelmadi.

Test sinovlari tartib-qoidalarini buzganligi sababli 272 nafar abituriyent, shundan 109 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirish va o‘zgani o‘rniga kirish, 163 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanish va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test natijalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Davlat test markaziga soat 18:30 dan qaytarish boshlandi. So‘nggi materiallar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan kechasi 1:00 da yetib keladi.

3-avgust kungi test natijalari 4-avgust kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazi saytida e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют