» » Rasman: “Barselona” “Bavariya”dan Arturo Vidalni sotib oldi

Rasman: “Barselona” “Bavariya”dan Arturo Vidalni sotib oldi


Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Myunxenning “Bavariya”sidan chililik yarim himoyachi Arturo Vidalni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.

Qayd etilishicha, Vidal bilan 3 yillik shartnoma imzolanadi. 31 yoshli chililik yaqin orada “Barselona” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Kataloniyaga yetib keladi.

Shartnomaning moliyaviy tomonlari oshkor etliganicha yo‘q. Avvalroq OAVlarda “Barsa”ning mazkur transfer uchun 20 million yevro to‘lashi haqida xabarlar berilgandi.

Vidal “Bavariya” safida 3 mavsum o‘yin o‘tkazdi. Shu davrda u 124 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi hamda 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 3 bor Germaniya chempionligini, 1 marta mamlakat kubogi va 2 marta Germaniya superkubogini yutishga erishdi.

Arturo bungacha esa Yevropaning “Yuventus” hamda “Bayer” jamoalarida ham to‘p surgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2018, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют