» » O‘zbekistonda Business City ishbilarmonlik markazlari quriladi

O‘zbekistonda Business City ishbilarmonlik markazlari quriladi


O‘zbekistonda Business City ishbilarmonlik markazlari quriladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 3-avgust kuni e’lon qilingan qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorga ko‘ra, markazlar hududlar me’moriy ko‘rinishini yaxshilash, investorlar uchun jozibadorligini oshirish, sayyohlarning asosiy yo‘nalishlarida zamonaviy binolar qurish va aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida barpo etilmoqda.

Mazkur obyektlar investorlar pullari, xayriya mablag‘lari va qonunda ko‘zda tutilgan boshqa manbalar hisobidan quriladi. Ularning loyihalari yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida ishlab chiqiladi.

Markazlar uchun yer maydonlari tashabbuskorlarga eng yaxshi investitsiyaviy takliflarni tanlab olish asosida taqdim etiladi. Xususan, jalb etilayotgan mablag‘lar hajmi e’tiborga olinadi.

Business City barpo etilishi davomida energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanilishi zarur.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют