» » AQSh razvedka xizmati xodimlari Trampdan maxfiy ma’lumotlarni yashirmoqda

AQSh razvedka xizmati xodimlari Trampdan maxfiy ma’lumotlarni yashirmoqda


Amerika razvedka xizmati xodimlari ba’zi ma’lumotlarni AQSh prezidenti Donald Trampga taqdim etmayapti. Bunga ma’lumotlarni sir saqlanishidan xavfsirash sabab bo‘lmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Vaziyatdan xabardor sobiq va amaldagi rasmiy shaxslarning ma’lumotlariga qaraganda, AQSh razvedka xizmati vakillari prezident Trampdan muhim razvedka ma’lumotlarini sir tutmoqda. Ular ma’lumotlar jamoatchilikka ma’lum qilinishi yoki o‘g‘irlanishi mumkinligidan tashvishlanmoqda”, — deyiladi gazetada 15-fevral, chorshanba kuni chop etilgan maqolada.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, razvedka agentliklari Trampga bir qator holatlarda, jumladan, ma’lumot yig‘ish, boshqa davlatlarga nisbatan josuslik qilish uchun foydalaniladigan usullar haqida ma’lum qilmagan.

Nashrning ta’kidlashicha, razvedka xizmatlari va prezident o‘rtasida yuzaga kelgan chuqur ishonchsizlikka Tramp jamoasining Rossiya hukumati bilan aloqalari, shuningdek, prezidentning razvedka agentliklariga nisbatan xushlamaydigan munosabati sabab bo‘lmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют