» » Shavkat Mirziyoyev kuzda Hindistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev kuzda Hindistonga boradi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 4-avgust kuni Toshkentda Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv chog‘ida tashqi siyosat idoralari rahbarlari umumiy kun tartibining asosiy masalalarini muhokama qilgan hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar borasida fikr almashgan.

Ikki tomon ham siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turistik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada oshirish uchun mavjud imkoniyatlarni amalga oshirish borasida birgalikda ishlashga tayyor ekanligi ta’kidlangan.

“Vazirlar O‘zbekiston rahbarining kuzda Hindistonga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlikning amaliy jihatlarini ko‘rib chiqdi”, — deyiladi TIV axborotida.

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayoniga hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish bo‘yicha O‘zbekiston va Hindiston hamkorligining istiqbollariga ham alohida e’tibor qaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2018, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют