» » Mobil aloqa antennalari inson salomatligi uchun zararlimi?

Mobil aloqa antennalari inson salomatligi uchun zararlimi?


Bugungi kunda yer yuzida 1,4 million dona mobil aloqa antennalari mavjud. Ulardan 17721 tasi O‘zbekistonda o‘rnatilgan, deya xabar beradi “Terabayt.uz”.

Mobil aloqa operatorlari muayyan hududda mobil aloqani yaxshilash uchun antenna o‘rnatmoqchi bo‘lsa, shu yerlik aholi tomonidan qattiq qarshilikka duch kelish holatlari ko‘zga tashlanadi. Odamlar o‘zlari istiqomat qilayotgan yoki faoliyat ko‘rsatayotgan bino tomiga o‘rnatilgan mobil aloqa antennasi go‘yoki ularning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida isbotini topmagan dalillar keltiridi.

Jumladan, bu borada aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlarda ishtirokchilarning 40 foizi bu antennalarning yurak-qon tomir, asab va qon bosimi kasalliklarini keltirib chiqarishiga ishonishlarini bildirgan. Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi o‘tkazgan so‘rovlarda ishtirokchilar mobil antennalarning kasallik tarqatuvchi ekanini internetdan o‘qiganliklarini ma’lum qilgan. Chindan ham, bu antennalar o‘zlaridan zararli to‘lqinlar ajratib chiqaradimi?

Mazkur masala Toshkent shahrida Uzreport agentligi tomonidan tashkil etilgan “Mobil aloqa: texnologiya, sifat, xavfsizlik” mavzuidagi davra suhbatida ko‘tarildi. Ma’lum bo‘lishicha, 2001-yildan boshlab jahon davlatlarida mobil aloqa to‘lqinlarining inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’siri xususida ilmiy-tadqiqot izlanishlari olib boriladi. Toshkent shahar davlat ekologik ekspertiza markazi vakili Tamara Durovaning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytgacha mobil aloqa operatorlari tomonidan o‘rnatilgan aloqa antennalarining inson yoki tabiatga zarari ilmiy jihatdan isbot qilinmagan. 2011-yilda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan e’lon qilingan bayonotda ham elektromagnit maydoni, jumladan, baza stansiyalari va mobil telefonlaridan taralayotgan to‘lqinlarning inson salomatligiga ta’siri o‘z isbotini topmagani qayd etilgan.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ITI laboratoriya boshlig‘i M. Magayning ma’lum qilishicha, mobil aloqa antennalari faoliyati “Aholi punktlarida radiotexnika obyektlarini o‘rnatish va ulardan foydalanishning sanitariya qoidalari va me’yorlari”, “Radiochastotalarning elektromagnit maydoni manbalari bilan ishlashda sanitariya normalari va qoidalari” kabi me’yoriy hujjatlar asosida nazorat qilinadi. Mutaxassisning fikricha, bugungacha radiotexnika vositalaridan tarqalayotgan nurlarning sanitariya zararlari aniqlanmagan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Umidjon A’lamovning ma’lum qilishicha, har bir o‘rnatiladigan aloqa stansiyasining o‘rnatish hududi, uning ishlash salohiyati to‘liq nazorat ostiga olinadi. Jumladan, yuqorida qayd etilgan me’yoriy hujjatlar asosida, bu antennalarning ishlash quvvati mamlakatda 2,5 mkVt/sm2 dan oshmaydi. Bu jahondagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Misol uchun, Isroil davlatida bu ko‘rsatkich 400, AQSh, Skandinaviya mamlakatlarida 100, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Belorussiya, Qirg‘izistonda 10 mkVt/sm? gacha belgilangan. Ya’ni, O‘zbekistonda antennalarning zararli to‘lqin tarqatishi haqidagi isbotini topmagan ilmiy qarashlar ham hisobga olinib, har ehtimolga qarshi ulardan eng past quvvatda foydalanish davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan.

Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukovning fikricha, odamlar mobil aloqa operatorlarining antennalaridan qo‘rqmasliklari zarur. Aksincha, aholi bu turdagi antennalarning mahalla va binolarda, ularga yaqin hududda joylashtirilishidan xursand bo‘lishlari lozim. Boisi, ularga yaqinroq bo‘lish aloqa sifatini ta’minlaydi va telefondan zararlanish xavfini kamaytiradi. 

Mobil aloqa vositalari aloqa antennasi bilan aloqa o‘rnatishda zo‘riqadigan, antenna topishga qiynaladigan bo‘lsa, o‘zlaridan zararli nurlar tarqata boshlaydi. Shuningdek, Unitel MChJ tomonidan aholi uy-joylari, binolarda o‘rnatilayotgan mobil stansiyalar shartnoma asosida, mahalla va bino tegishli bo‘lgan muassasa rahbarining roziligi bilan o‘rnatiladi va buning uchun yiliga o‘rtacha 7,6 million so‘m ijara puli to‘lanadi. Undan tashqari, mobil operator tom va binoni ta’mirlash, atrofni obodonlashtirish uchun alohida mablag‘ ajratadi.

Ekspertlarga ko‘ra, agar qidiriladigan bo‘lsa, atrofimizdan yuzlab zararli vositalar va omillarni topish mumkin. Jumladan, oddiy mikroto‘lqinli pechning inson salomatligi uchun zarari axborot texnologiyalari vositalarinikidan bir necha marotaba yuqori.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют