» » Rossiyada bolalar bog‘chasidan 1 yarim yoshli bolakay qochdi va buni hech kim payqamadi (video)

Rossiyada bolalar bog‘chasidan 1 yarim yoshli bolakay qochdi va buni hech kim payqamadi (video)


Rossiyaning Vologda shahrida 1 yarim yoshli bolakay xususiy bolalar bog‘chasidan qochgan, muassasa xodimlari esa buni hatto sezmagan. Bu haqda “Vologda.rf”ga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Kuzatuv kameralaridan olingan tasvirda taglik kiygan bolakayning binodan yugurib chiqqani va bir o‘zi ko‘chaning mashinalar harakati uchun mo‘ljallangan qismida yurgani aks etgan.

Qarovsiz qolgan bolakayga atrofdan o‘tib ketayogan yoshi katta ayollardan beri e’tibor bergan va uni yaqindagi bolalar bog‘chasiga olib borgan. U yerda xodimlar bola ularning tarbiyalanuvchisi emasligini aytib, qo‘shni muassasaga qo‘ng‘iroq qilgan. Bolakay qochgan bog‘cha xodimlari birortasi ham uning yo‘qligini payqamagani ma’lum bo‘lgan.

Tergov qo‘mitasi va prokuratura voqea tafsilotlarini o‘rganishni boshlagan. Qochoq bolakay uchun mas’ul bo‘lgan tarbiyachi ishdan bo‘shatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2018, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют