» » O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan mega-loyihani muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan mega-loyihani muhokama qilmoqda


Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimi Jonsaid Tuymebayev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi oqova suvlar masalasidagi davlatlararo ishchi guruh vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmatiga tayanib, “Review.uz” xabar bermoqda. 

Uchrashuvda Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Ye. Nisanbayev, vazirlik suv resurslari qo‘mitasi raisi I. Abishev, O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Sh. Hamroyev va boshqalar ishtirok etdi. 

Oqova suvlarni o‘zlashtirish, shuningdek, toshqinlar paytidagi qiyinchiliklar ikki tomon uchun umumiy masalalar hisoblanadi. Shu sababli ularning birgalikdagi yechimini topish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish lozim.

 Shavkat Hamroyev, O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi suv resurslari qo‘mitasi raisi I. Abishev ishchi guruhning birinchi yig‘ilishida transchegaraviy daryo va kanallardan o‘zaro manfaatli foydalanish masalaari ko‘rib chiqilganini bildirdi. Tomonlar suv hajmidan kelib chiqib, “Dostik”, “Zax”, “Xonim”, STK, VTK kanallari, ularning yoqalaridagi sug‘oriladigan yerlardagi barcha suvlarni teng taqsimlash haqida kelishib oldi. 

Shuningdek, uchrashuvda ishchi guruh vakillari aholini transchegaraviy hududda joylashgan Ugom daryosidan olinadigan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani muhokama qildi. Muzokaralar ijobiy yakunlangan taqdirda 2020—2030-yillarda 1 millionga yaqin aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha mega-loyiha amalga oshiriladi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют