» » Vinaphone—2018. 1-turda Ummonni yuta olmagan O‘zbekiston olimpiya termasi 2-turda Falastinga yutqazib qo‘ydi 

Vinaphone—2018. 1-turda Ummonni yuta olmagan O‘zbekiston olimpiya termasi 2-turda Falastinga yutqazib qo‘ydi 


Ayni damda Ravshan Xaydarov boshchiligidagi futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun Toshkentda yig‘ilib, mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Sunnatillo Abdurasulov boshchiligida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilar esa ayni kunlarda Vyetnamdagi Vinaphone—2018 xalqaro musobaqasida ishtirok etmoqda.

1-tur o‘yinida Ummon olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, durang qayd etgan o‘zbekistonlik olimpiyachilar 2-o‘yinda Falastin olimpiya terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldi. Falastinliklar tomonidan kiritilgan 2 ta golga O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 1 ta gol bilan javob bera oldi. Gol muallifi Nurillo To‘xtasinov.

O‘zbekiston termasi musobaqadagi so‘nggi o‘yinni 7-avgust kuni musobaqa mezboni Vyetnamga qarshi o‘tkazadi.

Gollar: 0:1—6 Al-Cherif, 1:1—13, Nurillo To‘xtasinov, 1:2—26 Oday Dabbagh



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2018, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют